Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda avtomobil transportiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tadi
Konferensiyada mintaqaviy bog‘liqlikni ta’minlashda avtomobil transportida yuk tashuvlar sohasidagi mavjud muammolar muhokama qilinadi.
2023 yilning 11 sentabr kuni poytaxtda «Xalqaro avtomobil transporti: barqarorlik va farovonlikni ta’minlash» mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, tadbir O‘zbekiston xalqaro avtomobil tashuvchilar uyushmasi hamda Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Konferensiyada mintaqaviy bog‘liqlikni ta’minlashda avtomobil transportida yuk tashuvlar sohasidagi mavjud muammolar muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, sharq-g‘arb va shimol-janub multimodal transport yo‘laklar orqali tranzit tashuvlarini rivojlantirish, tijorat transporti va bojxona tartib-qoidalarini raqamlashtirish, sohada professional haydovchilar yetishmasligi bilan bog‘liq masalalar va ularning yechimi ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
16:35 / 23.05.2025
Piskentdagi avtopoligondan sertifikat olishning «navbatsiz» yo‘llari ham bormi?
20:40 / 12.05.2025
O‘zbekistonga avtomobil importi 3 barobarga quladi
09:32 / 09.05.2025