Iyun oyidagi pasayishdan so‘ng, avtomobil bozori yana ko‘tarildi - ITIM
Iyun oyidagi keskin pasayishdan so‘ng, avtomobil bozori yana ko‘tarildi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhida aytilgan.
Qayd etilishicha, oy davomida sotuvlar 17 foizga oshdi va eng katta o‘sish yengil elektr transport vositalari segmentida 28,9 foizga qayd etildi.
Birlamchi bozorda yengil avtomobillar savdosi 19,2 foizga oshdi. O‘tgan yilga nisbatan o‘sish 64,5 foizni tashkil etdi.
Iyul oyida yengil avtomobillarning ikkilamchi avtomobil bozori sotuvlarning o‘sishi bilan ajralib turdi. Oy davomida 97,6 ming dona yengil avtomobillar sotildi, bu bir oy oldingiga nisbatan 17,6 foizga ko‘p.
Oy davomida yengil elektromobillar savdosi 28,9 foizga o‘sib, 2,7 mingta avtomobilni tashkil etdi.
Elektromobillarning birlamchi bozori iyun oyiga nisbatan 37,5 foizga o‘sib 2,3 mingtani tashkil etdi, bu 2022 yil iyul oyiga nisbatan 4,7 baravar ko‘p.
Elektromobillarning ikkilamchi bozori savdoning pasayishi bilan ajralib turdi. Umuman olganda, oy davomida jami 318 dona elektromobil sotilgan bo‘lib, bir oyda 15,2 foiz pasaygan.
Mavzuga oid
08:00
Toshkentda o‘zgalarning avtomobillarini olib qochgan shaxslar ushlandi
13:29 / 14.10.2024
2024 yilning 9 oyida UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 89 foizni tashkil qildi
12:36 / 13.10.2024
2024 yilning 8 oyida O‘zbekistonga import qilingan yengil avtomobillar soni ma’lum qilindi
08:00 / 07.10.2024