Jahon | 08:17 / 16.08.2023
7968
3 daqiqa o‘qiladi

Komi Respublikasi sobiq vaziri chaqiruv qog‘ozini olgach, AQShdan boshpana so‘radi

Komi Respublikasining sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Denis Sharonov AQShdan boshpana so‘rab, yuk mashinasi haydovchisiga aylandi, deb xabar berdi RTVI jurnalistlari.

Denis Sharonov

Komi Respublikasining sobiq qishloq xo‘jaligi va iste’mol bozori vaziri Denis Sharonov 2022 yil oktyabr oyida chaqiruv qog‘ozini olgach, AQShga jo‘nab ketgan va u yerda siyosiy boshpana so‘ragan. Bu haqda 15 avgust, seshanba kuni RTVI yangiliklar sayti xabar berdi, uning jurnalistlari «Novyye amerikansy» YouTube-kanaliga joylangan videoda sobiq siyosatchining shaxsini aniqlab, Sharonov bilan suhbatlashgan. 

«U Rossiyada vazir bo‘lgan, AQShda yuk mashinasi haydovchisiga aylandi» sarlavhali videoda sobiq vazirning ismi aytilmagan, biroq jurnalistlar yuzni tanish xizmatlaridan foydalangan holda videodagi shaxs Sharonov ekanini aniqladi. Sobiq amaldor keyinroq RTVI telekanaliga videoda haqiqatan ham o‘zi ekanini tasdiqladi. 

Sharonov Rossiyada ikki marta jinoiy ta’qibga uchraganini, biroq har ikki safar ham sud tomonidan oqlangani va reabilitatsiya qilinganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvarida mintaqa rahbari Vladimir Uyba bilan uzoq davom etgan mojaro tufayli Komi Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimidan ozod etilgan. Sharonov kuzda olgan chaqiruv qog‘ozini ham avvalgi ishi bilan bog‘ladi. 

AQShga emigratsiya va yuk mashinasi haydovchisi bo‘lib ishlash 

«Rossiyada qolishim xavfsiz emasligi haqida signallar ola boshladim va 2022 yil oktyabr oyida ular harbiy xizmatga chaqiruv qog‘ozini topshirish uchun kelganida, qiladigan boshqa ishim qolmadi. Ammo men chaqiruv yoshiga unchalik mos kelmasdim. Bu men ishlagan respublikadan kelgan signal ekanligini tushundim. Bu - shunchaki norozi odamlardan qutulishning bir usuli. Oldingi ikkitasida menga omad kulib boqdi. Quvg‘unlarga duchor bo‘ldim, lekin bu safar qarshilik qila olmasligimni angladim. Vatanni tark etishdan boshqa ilojim yo‘q edi», dedi u. 

Hozir sobiq vazir AQShda yuk mashinasi haydovchisi bo‘lib ishlaydi va siyosiy boshpana so‘ragan. «Men hozir qilayotgan ishim - yuk tashuvchilik doimiy ish emasligi aniq, ammo ish qayerdadir boshlanishi kerak va AQShda yuk mashinasi haydovchiligi eng keng tarqalgan kasblardan biridir», - deya o‘rtoqlashdi Sharonov va kelajakdagi taqdiri qonuniylashtirish jarayoni qanday o‘tishiga bog‘liqligini qo‘shimcha qildi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid