Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston madrasalariga kirish uchun test sinovlari sanasi e’lon qilindi
Sinovlar 17 avgust kuni soat 9:00 da boshlanadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2023 yil 17 avgust kuni o‘tkaziladi.
Barcha test sinovlari 1 smenada bo‘lib o‘tadi va soat 9:00 da boshlanadi.
Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan soat 8:00 dan kechikmagan holda kelishi lozim.
Abituriyentlar quyidagi bino va manzilda imtihon topshiradi:
- «Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy»: Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi. Manzil: Nukus shahri Chimboy guzari ko‘chasi 121/1-uy;
- «Faxriddin ar-Roziy»: Bilim va malakalarni baholash agentligining Xorazm viloyatidagi binosi. Manzil: Urganch tumani, Yuqorido‘rmon qishlog‘i, Yuqoriovul mahallasi;
- «Xadichai Kubro»: «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasi. Manzil: Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasi 107-uy;
- Mir Arab: Bilim va malakalarni baholash agentligining Buxoro viloyatidagi binosi. Manzil: Buxoro tumani, Bog‘idasht mahallasi;
- «Hidoya»: Bilim va malakalarni baholash agentligining Namangan viloyatidagi binosi. Manzil: Davlatobod tumani, Yuksalish mahallasi, Yoshlik ko‘chasi;
- «Sayyid Muhyiddin maxdum»: Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi maneji, 1-bino. Manzil: Andijon shahri Mustaqillik ko‘chasi 1-uy;
- «Xoja Buxoriy»: Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi maneji. Manzil: Qarshi shahri Mustaqillik shohko‘chasi 13-uy;
- «Jo‘ybori Kalon»: «Yoshlik» sport majmuasi basketbol zali. Manzil: Buxoro shahri, Piridastgir ko‘chasi 9/1-uy; Semurg‘ sport majmuasi. Buxoro shahri, Piridastgir ko‘chasi 9/3-uy
- «Ko‘kaldosh»: «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasi (4-pavilon). Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi 107-uy;
- «Imom Termiziy»: Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi. Manzil: Termiz shahri A.Navoiy ko‘chasi 43-B uy.
Mavzuga oid
16:16 / 13.03.2025
Bakalavriatga qabul uchun test topshiriqlari soni va baholash tartibi tasdiqlandi
20:42 / 30.01.2024
Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari soni va baholash mezonlari o‘zgarmadi
21:21 / 15.09.2023
Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari tasdiqlandi
20:53 / 07.09.2023