Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo viloyati hokimi «Nasaf» klubiga yangi avtobus kalitini topshirdi
Qarshining «Nasaf» klubi yangi avtobusga ega bo‘ldi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov jamoa qarorgohida bo‘lib, «Nasaf» futbolchilari bilan uchrashgan va yangi avtobus kalitini bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiyevga topshirgan.
«Nasaf» futbol klubi qarorgohiga Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov boshchiligida viloyat sektor rahbarlari, bosh homiy «Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi» direktori, klubimiz prezidenti Shuhrat Aslanov va viloyat oqsoqollari yig‘ilishdi. Jamoa bilan uchrashuv davomida Murodjon Azimov muhim bellashuvlardan oldin jamoamizga omad tiladi va Ro‘ziqul Berdiyevga jamoa uchun hozirlab qo‘yilgan zamonaviy avtobusning kalitini topshirdi», - deyiladi klub xabarida.
Qarshi jamoasiga Germaniyaning «MAN» kompaniyasiga tegishli zamonaviy avtobus sovg‘a qilinib, unda klub ramziga aylantirilgan humo qo‘shi tasvirlangan.

Jamoaning avvalgi avtobusi «Higer» kompaniyasiga tegishli bo‘lib, unda jamoaning eski ramzi «ajdar» tasvirlangan edi.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
17:54 / 01.11.2024
«Nasaf» – o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston chempioniga aylanib, Toshkent klublarining 23 yillik gegemonligiga chek qo‘ydi
00:00 / 24.10.2024
OChL-2. «Nasaf» Iordaniyada mag‘lubiyatga uchrab, guruhida 3-o‘ringa tushdi
21:16 / 02.10.2024