Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxorodan uchgan yo‘lovchi samolyot Moskvadagi aeroportga qo‘na olmadi
Qanot Sharq aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi tashuvchi samolyot Buxorodan Moskvaga emas, Sankt-Peterburgga qo‘ndi. Bunga Moskvadagi dronlar hujumi bilan bog‘liq favqulodda holat sabab bo‘lgan.
18 avgust kuni Toshkent vaqti bilan tonggi soat 2:00lar atrofida Buxoro-Moskva yo‘nalishida parvoz qilgan yo‘lovchi tashuvchi Airbus A320 samolyoti Vnukovo aeroportiga emas, Sankt-Peterburgdagi Pulkovo xalqaro aeroportiga qo‘ndi.
Vnukovo xalqaro aeroportining parvozlar jadvali aks etgan rasmiy saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, parvoz 4:20da yakunlanishi kerak bo‘lgan. Ammo favqulodda holat sababli Airbus A320 samolyoti soat 6:49 da boshqa aeroportga qo‘ngan.
Xuddi shu vaqtda shaharga dron hujum qilishi tufayli shaharning to‘rtta asosiy aeroporti – Vnukovo, Domodedovo, Sheremetevo va Jukovskiy aeroportlari vaqtincha yopilgan. Qo‘nishga kelayotgan samolyotlar zaxira aeroportlariga yo‘naltirilgan.
Hozircha holat yuzasidan Uzbekistan Airways hamda Uzbekistan Airports rasmiy ma’lumot e’lon qilmadi. Uzbekistan Airports matbuot xizmatining Kun.uz muxbiriga ma’lum qilishicha, Toshkent vaqti bilan Buxorodan 02:02dan uchib ketgan samolyotda 169 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ammo Airbus A320 yo‘lovchi tashuvchi samolyotining haqiqatan dronlar sabab yo‘nalishi o‘zgarib, boshqa xalqaro aeroportga qo‘ngani tasdiqlanmagan.
Rossiya rasmiylariga ko‘ra, juma kuni erta tongda Moskva ustida ukrainlar droni urib tushirilgan. Apparat Kremldan bir necha kilometr masofada joylashgan «Moskva-Siti»dagi binolardan biriga urilgan, atrofdagi hududlar aholisi kuchli portlash ovozini eshitishgan. Bu – bir oy ichida «Moskva-Siti» hududiga uyushtirilgan uchinchi dron hujumi bo‘ldi.
Mavzuga oid
18:59 / 25.05.2025
Putin Kurskka borganida vertolyoti dronlar hujumi markazida bo‘lgan - OAV
14:00 / 25.05.2025
«Ukraina uchun yana bir qo‘rqinchli tun». Rossiya yana Ukrainani yoppasiga o‘qqa tutdi
17:25 / 18.05.2025
Rossiya qo‘shini urush boshidan beri bir hujumda rekord darajadagi dronlarni uchirdi
13:48 / 23.04.2025