Jo Bayden Shavkat Mirziyoyevni AQShga taklif qildi
Bayden O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Saida Mirziyoyevaning Oq uyga tashrifini eslab o‘tdi.
AQSh prezidenti Jo Bayden O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi. Forbes nashriga ko‘ra, 11 avgust kuni yuborilgan maktubda Amerika prezidenti O‘zbekiston rahbarini Nyu-Yorkda BMT bosh assambleyasi doirasida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo va AQSh davlat rahbarlarining (CA5+1) sammitiga taklif etgan.
«Umid qilamanki, siz men va boshqa yetakchilar bilan 19 yoki 20 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan rasmiy C5+1 uchrashuvda (sohalarda) umumiy maqsadlarimizga erishish borasida birgalikda ishlashni davom ettirishni muhokama qilamiz», — deyiladi maktubda.
Maktubda Jo Bayden AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik mustahkamlanayotgani uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirgan, shuningdek, o‘tgan yil davomida mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqqanini alohida qayd etgan.
«O‘tgan bir yil davomida biz savdo va sarmoyaviy aloqalarimizni mustahkamlash, xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, mintaqaviy muammolarni hal etishda hamkorlik qilish kabi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tardik. AQSh sizning siyosiy va iqtisodiy islohotlaringizni qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi.
Qolaversa, shu yil boshida qizingiz Saidani Oq uyda kutib olish sharafiga muyassar bo‘ldik. Uning himoyasi va sizning gender asosidagi zo‘ravonlik va oiladagi zo‘ravonlikni jinoiy javobgarlikka tortishdagi jasoratingiz tahsinga sazovor», deyilgan maktubda.
Nashr uzoq vaqt e’tibor chetdan qolgan Markaziy Osiyo mintaqasi uchun Bayden administratsiyasi davriga kelib e’tibor oshib borayotganini ta’kidlagan.
Shavkat Mirziyoyev 2018 yil may oyida birinchi bor davlat rahbari sifatida AQShga tashrifini amalga oshirgan va o‘sha vaqtdagi prezident Donald Tramp bilan muzokaralar o‘tkazgandi.
Mavzuga oid
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
08:31 / 08.11.2024
Bayden hokimiyatni tinch yo‘l bilan Trampga topshirishga va’da berdi
01:11 / 07.11.2024
Jo Bayden va Kamala Harris Trampga qo‘ng‘iroq qilib, uni g‘alaba bilan tabrikladi
14:01 / 31.10.2024