Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga boradi
Shavkat Mirziyoyev Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan joriy yil 19—20 avgust kunlari amaliy tashrif bilan Budapesht shahrida bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Vengriya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazadi, unda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi amaliy hamkorlikning dastur va loyihalarini ilgari surish masalalari ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston prezidenti faxriy mehmon sifatida Vengriya davlat bayrami — avliyo Ishtvan kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi hamda Budapeshtda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining erkaklar o‘rtasidagi yugurish musobaqalari finaliga tashrif buyuradi.
Mavzuga oid
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
16:41 / 22.05.2025
2026 yildan O‘zbekistonda AES sovitish tizimlarini ishlab chiqarish boshlanadi
21:46 / 21.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga tashrifini yakunlab, Sloveniyaga yo‘l oldi
16:01 / 21.05.2025