O‘zbekiston | 12:45 / 22.08.2023
14130
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent Kimyo xalqaro universitetida DTM natijasi bilan talaba bo‘lish imkoniyati

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti davlat imtihonlarida yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlarga UZBMB (DTM) natijasi bilan universitetda mavjud vakant o‘rinlar uchun imtihonsiz qabul e’lon qiladi.

Buning uchun siz DTM, ya’ni hozirgi bilimni baholash agentligi tomonidan tashkil qilingan test sinovida to‘plagan ballingizni tasdiqlovchi hujjatni Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga olib kelishingiz kifoya. Abituriyentlar uchun 2023 yilning 22 avgust kunidan https://t.me/kiut_dtm_bot telegram-bot orqali onlayn tarzda, 24 avgustdan boshlab oflayn tarzda hujjat topshirish boshlanadi.

Universitetda 29ta ta’lim yo‘nalishida, kunduzgi, kechki hamda sirtqi ta’lim shakllarida:

- O‘zbek

- Ingliz

- Rus tillarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti ta’lim, fan va texnika sohalaridagi so‘nggi yutuqlarni hisobga olgan holda rivojlangan davlatlar, jumladan, Koreya va Yevropa mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan kredit-modul tizimiga asoslangan ta’lim dasturlarini amalga oshirishda davom etmoqda.

Universitet ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun barcha litsenziyalarga ega va universitet tomonidan berilgan diplom O‘zbekiston hududida to‘liq tan olinadi.

Univertitet talabalariga davlat va ta’sischilar tomonidan grant va moliyaviy ko‘mak beriladi va iqtidorli talabalar muntazam ravishda hamkor kompaniyalar tomonidan ishga taklif qilinadi. Shuningdek, Janubiy Koreya, AQSh, Latviya, Bolgariya, Turkiya va Italiyaning xalqaro hamkor universitetlari bilan qo‘shma dasturlar mavjud.

Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim muassasalari orasida birinchilardan bo‘lib KAZSEE va IQAA ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikatlarga ega.

Universitetning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

Web-page: www.kiut.uz 

Telegram: t.me/kiut_official

Facebook: facebook.com/kiut.uz

Instagram: instagram.com/kiut.uz_rasmiy_kanal

Reklama

Mavzuga oid