Iqtisodiyot | 11:50 / 23.08.2023
22463
1 daqiqa o‘qiladi

Benzin ishlab chiqarish hajmi 18 foizga oshdi

Dastlabki 7 oyda 3,1 mln tonna ko‘mir, 456 ming tonna neft qazib olindi.

Foto: iStock

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda 781,4 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 18,3 foizga oshgan.

2023 yil yanvar-iyul oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:

— Avtomobil benzini – 781,4 ming tonna;

— Ko‘mir – 3,1 mln tonna;

— Neft – 456 ming tonna;

— Gaz kondensati – 707,5 ming tonna;

— Avtobus – 454 dona;

— Yuk avtomobillari – 1372 dona;

— Avtomobil dvigatellari – 122 710 dona;

— Yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) – 194 053 dona.

Mavzuga oid