Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
28 avgust kuni ham O‘zbekistonning aksar hududlarida yomg‘ir yog‘adi
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi.
«O‘zgidromet» 28 avgust, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +14...+16 daraja, kunduzi +24...+26 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +13...+18 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
11:24 / 26.05.2025
Hafta davomida harorat pasayib, joylarda yomg‘ir yog‘adi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
22:27 / 22.05.2025