O‘zbekiston | 09:29 / 28.08.2023
3668
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoro davlat tibbiyot instituti universitet sifatida qayta tashkil etiladi 

“Buxoro davlat tibbiyot universitetini tashkil etish va sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Buxoro davlat tibbiyot instituti

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot universiteti sifatida qayta tashkil etiladi.

Navoiy viloyati, Navoiy shahar, Sadriddin Ayniy ko‘chasi, 1-uyda joylashgan Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi hamda Navoiy shahar, 7-daha, I.Karimov shohko‘chasida joylashgan Bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi binolari negizida Buxoro davlat tibbiyot universiteti Navoiy filiali tashkil etiladi.

Universitet huzurida ko‘p tarmoqli klinika tashkil qilinadi.

Universitet va filialning asosiy vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:

uzluksiz tibbiy-kasbiy ta’lim tizimida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

o‘quv jarayonini amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish, xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va innovatsion o‘quv-metodik materiallarni keng joriy etish;

klinika va o‘quv bazalari faoliyatida nazariy bilim hamda amaliyotning uyg‘unligini ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratish;

fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini tibbiyot amaliyotidagi mavjud muammolarning yechimiga qaratish, tibbiy ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarining uzviy bog‘liqligini ta’minlash;

xorijiy tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik doirasida talabalar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar tashqi akademik mobilligi dasturlari hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish va rivojlantirish.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid