Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent aeroporti elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatildi
Shahar podstansiyasida ro‘y bergan avariya Toshkent aeroportida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishga olib keldi.
Toshkent xalqaro aeroportida kecha, 27 avgust kuni soat 22:09 da Qo‘yliq shahar podstansiyasida ro‘y bergan avariya tufayli elektr ta’minotida uzilish yuz berdi.
Bir necha soniya ichida zaxira manbalardan parvozlarni ta’minlovchi obektlar: uchish-qo‘nish yo‘laklari, havo harakatini boshqarish tizimlari, radionavigatsiya uskunalari quvvati tiklangan. Shu tufayli poytaxt aeroportida reyslar kechiktirilmadi.
Mahalliy aviaqatnovlar va uchib kelish terminallari zaxira manbalariga o‘tkazilgan. 15 daqiqa ichida, soat 22:24 da xalqaro aviaqatnovlar terminalining jo‘nab ketish zalida ham elektr ta’minoti tiklangan.
Soat 22:40 da Qo‘yliq shahar podstansiyasida yuz bergan avariya bartaraf etilib, poytaxt aeroportida elektr ta’minoti to‘liq tiklangan.
Mavzuga oid
08:52 / 27.05.2025
1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi
08:40 / 23.05.2025
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
10:30 / 15.05.2025