O‘zbekiston | 08:09 / 30.08.2023
5046
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat teatrlari va konsert muassasalariga KPI o‘rnatilmoqda

Davlat teatrlari va konsert muassasalari faoliyatini baholash reytingi belgilanmoqda. 

Foto: afisha.uz

Vazirlar Mahkamasining “Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini baholash, toifalari (guruhlari)ni belgilash hamda rag‘batlantirish tartibi joriy etilishi munosabati bilan “Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan davlat teatrlari va konsert muassasalari faoliyatini baholash reytingi belgilanmoqda. Eng yuqori baho – 100 ball. Reytingdan kelib chiqib ular toifa (guruh)larga taqsimlanadi. Toifa (guruh)ga qarab xodimlarning bazaviy oylik maoshi miqdori belgilanadi.

Davlat teatrlari va konsert muassasalari uchun 8 ta mezon o‘rnatilmoqda, ular qatorida – yangi spektakllar soni, shaxsiy bino va texnikaning mavjudligi, veb-sahifani yuritilish holati va boshqalar bor.

100 ballni to‘plash uchun davlat teatri: yiliga kamida 4 ta yangi spektakl qo‘yishi; joriy repertuarda kamida 25 spektaklga ega bo‘lishi; bir yilda kamida 240 spektakl qo‘yishi; kamida 2 ta xalqaro va 6 ta respublika miqyosidagi gastrol tashkil etishi; zalni o‘rtacha kamida 70 nafar tomoshabin bilan to‘ldirish; muassasaning umumiy xarajatlariga daromadlar ulushi 15 foizni tashkil etishi; veb-sahifasining kamida 80 foizga yuritilishi.

Mavzuga oid