O‘zbekiston | 08:18 / 31.08.2023
5679
1 daqiqa o‘qiladi

Maktablarda yangi o‘quv yiliga mo‘ljallangan variativ rejalar tasdiqlandi 

Unga ko‘ra, 18 ta yo‘nalishda tanlov sinflari tashkil etish tavsiya etiladi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tomonidan «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2023-2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan variativ o‘quv rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi buyruq imzolandi.

Unga ko‘ra, 18 ta yo‘nalishda tanlov sinflari tashkil etish tavsiya etiladi. Tanlov sinfi umumiy o‘rta ta’lim muassasasida mavjud 7-11-sinflar o‘quvchilari kontingenti hisobidan ixtiyoriy ravishda tashkil etiladi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida bir nechta yo‘nalishda tanlov sinfi tashkil etilishi mumkin. Bunda, ta’lim muassasasida 7-11-sinflarning biridan bitta sinf mavjud bo‘lgan taqdirda ham tanlov sinfi tashkil etiladi. 

Mavzuga oid