Jamiyat | 15:22 / 31.08.2023
14288
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekiston aholisining 74,1 foizi o‘z hayotidan juda mamnun” - “Ijtimoiy fikr”

Foto: Kun.uz

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan O‘zbekiston fuqarolari o‘z hayotidan qoniqadimi, mazmunidagi jamoatchilik so‘rovi o‘tkazildi, deya xabar berdi O‘zA.

Ma’lum qilinishicha, so‘rovda qatnashganlarning 74,1 foizi hayotdan va ishlarning hozirgi holatidan juda mamnun. Qolgan 13,7 foiz odamlar esa hayotidan qoniqishlarini aytgan. Har o‘ninchi respondent “qisman qoniqishini” bildirgan.

So‘rovnomada qatnashgan o‘zbekistonliklar o‘zlarining o‘tgan yildagi moddiy ahvoli va moliyaviy holatini baholay turib, fuqarolarning aksariyati – 66,1 foizi yaxshilanishlarni ham qayd etgan. Qolgan 27,5 foiz fuqarolar u avvalgidek yaxshi darajada qoldi deb hisobladi.

Ta’kidlanishicha, ijtimoiy so‘rovnoma natijalari o‘zbekistonliklarning siyosiy-ijtimoiy faolligi ortib borayotganini ko‘rsatmoqda. Ular mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi haqida ijobiy fikrda va o‘zgarishlarni o‘z hayotida sezayotganini bildirgan.

Mavzuga oid