Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent aeroporti mahalliy terminalining old qismi rekonstruksiyadan so‘ng ochildi
Avtomobilning yo‘lakda o‘tkazgan vaqti 10 daqiqadan oshib ketgan taqdirda, o‘rnatilgan va YHXB bilan integratsiyalashtirilgan kameralar qoidabuzarlarga avtomatik ravishda jarima soladi.
1 sentabr kuni «Toshkent-3» mahalliy aviaqatnovlar terminali oldida ikki hafta oldin boshlangan rekonstruksiya qilish ishlaridan so‘ng qurilgan yo‘lak ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Endi transport vositalarining terminal oldiga kelishi soddalashtirilgan. Uchta alohida yo‘laklar paydo bo‘ldi: rasmiy aeroport taksi xizmatlari, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar, shuningdek, kuzatuvchi va kutib oluvchilar avtomobillari, shu jumladan agregatorlar bilan ishlaydigan taksilar uchun.
Hududga barcha yengil avtomobillar, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqagacha muddatga qisqa muddatli kirishga ruxsat beriladi. Avtomobilning yo‘lakda o‘tkazgan vaqti 10 daqiqadan oshib ketgan taqdirda, o‘rnatilgan va YHXB bilan integratsiyalashtirilgan kameralar qoidabuzarlarga avtomatik ravishda jarima soladi. Shuningdek, kelishning o‘ng va chap yo‘laklarini ajratib turuvchi sariq chiziqda to‘xtash taqiqlanadi va qoidabuzarlik hisoblanadi, buning uchun jarima ham nazarda tutiladi.
«Bugungacha ma’lum bir xavfsizlik talablaridan kelib chiqqan holda avtomototransport vositalari terminal oldiga kira olmas edi. Endilikda biz haydovchilar uchun xalqaro standartlarga muvofiq, yo‘lovchilarni terminalda qoldirib, olib ketishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berdik», — deyiladi Uzbekistan Airports Aviatsiya xavfsizligi xizmati xabarida.
2024 yilning 1 yanvariga qadar O‘zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlarda terminaloldi hududlarini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
14:19 / 01.05.2025
Urganch aeroporti Koreyaning Inchon aeroporti bilan sheriklikda boshqariladi
17:32 / 29.04.2025