Iqtisodiyot | 07:38 / 01.09.2023
18180
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoy yil boshidan buyon O‘zbekiston iqtisodiyotiga eng ko‘p sarmoya kiritdi
O‘zbekistonda o‘zlashtirilayotgan xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida qaysi davlatning ulushi yuqori ekani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2023 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 139,1 trln so‘mni tashkil etgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar 59 trln co‘m miqdorida qayd etilgan.
O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor – mamlakatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinni egallab turibdi – 20,5 foiz.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Rossiya – 18,8 foiz;
- Turkiya – 6,2 foiz;
- Saudiya Arabistoni – 8,5 foiz;
- Kipr – 4,3 foiz;
- Germaniya – 2,7 foiz;
- Shveytsariya – 2,5 foiz;
- Buyuk Britaniya – 2 foiz;
- AQSh – 1,9 foiz;
- Italiya 0,5 foiz.
Mavzuga oid
16:44
Xitoyda qadimgi odamlar qoldiqlari topildi. Ularning boshi ancha katta
13:10
O‘zbekiston hududlari va Shanhay o‘rtasida investitsiyaviy sheriklik kengayadi
23:42 / 27.11.2024
Volkswagen ko‘plab ayblovlardan keyin Xitoydagi zavodini sotdi
21:34 / 27.11.2024