O‘zbekiston | 19:19 / 02.09.2023
19307
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda asosiy dori vositalarining yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi

Asosiy dori vositalari ro‘yxati O‘zbekiston hududida amal qiladigan farmakoterapevtik tasniflash asosida shakllantiriladi.

Foto: Flickr

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda asosiy dori vositalari ro‘yxati (.pdf) yangilanganini e’lon qildi.

O‘zbekiston Respublikasining asosiy dori vositalari va tibbiy buyumlari ro‘yxatini tuzish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq, asosiy dori vositalari ro‘yxati O‘zbekiston hududida amal qiladigan farmakoterapevtik tasniflash asosida shakllantiriladi.

Mazkur ro‘yxatdan:

  • tibbiyot muassasalarining ehtiyojini tahlil qilishda;
  • xaridlarni oqilona tashkil etish va dori vositalarini taqsimlashda;
  • xodimlarni uni to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatishda;
  • mahalliy farmatsevtika korxonalari tomonidan asosiy dori vositalari ishlab chiqarilishini rag‘batlantirishda;
  • asosiy dori vositalari mavjudligini monitoring qilish va narxini shakllantirishda foydalaniladi.

Dori vositalari xalqaro patentlanmagan nomi bilan dozasi va chiqarilgan shakli ko‘rsatilgan holda ro‘yxatga kiritiladi.

Dori vositalari xalqaro patentlangan nomga ega bo‘lmagan taqdirda, uning o‘rnini bosuvchi nom yoki tarkib ko‘rsatiladi.

Yangi ro‘yxatda 65 guruhga mansub dori vositalari o‘rin egallagan.

Mavzuga oid