Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 18:29 / 05.09.2023
17962
2 daqiqa o‘qiladi
Naqd valutani bojxonadan deklaratsiyasiz olib o‘tish miqdori oshirildi
100 mln so‘mgacha O‘zbekiston naqd valutasi va (yoki) naqd chet el valutasini bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan olib kirish yoki olib chiqishga ruxsat berildi. Avval bu miqdor 70 mln so‘m edi.
Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qarorga ko‘ra:
- jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 100 million so‘m ekvivalentidan ortiq miqdordagi O‘zbekiston Respublikasining naqd valutasi va (yoki) naqd chet el valutasi yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yo‘li bilan bojxona nazoratidan o‘tkaziladi. Ilgari 70 million so‘m edi.
- Jismoniy shaxslar deklaratsiya to‘ldirish talab etiladigan belgilangan ekvivalentdan ortiq miqdordagi naqd valuta mablag‘larini bojxona nazorati shakllari qo‘llanmasdan oldin deklaratsiyalamagan holda bojxona organlari xodimlariga maslahat olish maqsadida taqdim etganda, bojxona organlari xodimlari tomonidan jismoniy shaxslarga deklaratsiya to‘ldirish qoidalari bilan bog‘liq umumiy tushuntirishlar beriladi. Ilgari bu qoida mavjud emas edi.
Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
22:31 / 28.04.2025
BRICS yangi valuta yaratishni rejalashtirmayapti
21:06 / 19.04.2025
Rublning mustahkamlanishi Kremlning zarariga ishlashi mumkin. Qanday qilib?
10:11 / 20.03.2025
DXX 1,2 mln dollarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘ydi
11:00 / 08.03.2025