Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oilaviy tadbirkorlar besh nafargacha doimiy ishchi yollashi mumkin
Ayni paytda amaldagi normaga ko‘ra, uch nafargacha doimiy ishchi bilan mehnat shartnomasi tuzish va ularni yollash mumkin.
Tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonunga oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yuritishni takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra, yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan sub’yektlar besh nafargacha doimiy ishchi bilan mehnat shartnomasi tuzishi va yollashi mumkinligi belgilanmoqda. Ayni paytda amaldagi normaga ko‘ra, uch nafargacha doimiy ishchi bilan mehnat shartnomasi tuzish va ularni yollash mumkin.
Bundan tashqari, mazkur qonun loyihasi bilan amaldagi qonunchiligimizdagi bir oilaviy korxona ishtirokchisi bir vaqtning o‘zida boshqa oilaviy korxona ishtirokchisi bo‘lishi mumkin emasligi haqidagi cheklov chiqarib tashlanmoqda.
Loyihada ko‘zda tutilayotgan normalar oilaviy tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini yanada kengaytirishga, yangi ish o‘rni yaratish va aholi bandligini ta’minlashga xizmat qilishi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
18:24 / 18.04.2025
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar yanada qo‘llab-quvvatlanadi
17:02 / 02.04.2025
Yetakchi tadbirkorlar aholi tomorqasiga sifatli urug‘ va ko‘chat yetkazib beradi
16:13 / 14.03.2025
Tadbirkorlarga elektr va gaz uchun to‘lovlarni onlayn to‘lashga ruxsat berildi
18:36 / 11.12.2024