Braziliya janubida dovul qurbonlari soni 20 kishidan oshdi
Tabiiy ofat zonasidan 15 ming kishi evakuatsiya qilindi.
Braziliyaning janubiy shtatlari Riu-Grandi-du-Sul va Santa-Katarinani qamrab olgan tropik siklon oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘ldi.
Rio- Grandi-du-Sul shtati gubernatori Eduardo Leytening so‘zlariga ko‘ra, mintaqaning 20 dan ortiq shahrida favqulodda holat e’lon qilingan.
Ma’muriyat rahbari 15 ming kishi evakuatsiya qilinganini aytdi.
Dovul toshqin va ko‘chkilarga sabab bo‘ldi, deya qo‘shimcha qildi u.
Leyte falokat ko‘lamini misli ko‘rilmagan deb atadi.
Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, tabiiy ofat mintaqadagi jami 60 ta shaharni qamrab olgan.
Qayd etilishicha, tabiiy ofat hududida qidiruv-qutqaruv ishlari kuchli shamol va o‘zanidan toshgan daryolar tufayli qiyinlashmoqda.
Mavzuga oid
19:47 / 22.11.2024
Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaru davlat to‘ntarishiga urinishda ayblanmoqda
23:05 / 06.11.2024
Braziliyalik politsiyachi Interpol rahbarligiga saylandi
23:37 / 02.11.2024
Finlyandiyada tarixda birinchi marta dovul kuzatildi
17:08 / 02.11.2024