O‘zbekiston | 21:51 / 07.09.2023
66857
2 daqiqa o‘qiladi

Talabalar uchun to‘lov-shartnoma (super-kontrakt uchun ham) berish boshlandi

Shartnoma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish hamda ariza yuborish talab etiladi. 

7 sentabrdan boshlab 1-kursga talabalikka tavsiya qilingan hamda 2- va undan yuqori kursda kontraktda o‘qiyotgan talabalarga to‘lov-shartnoma berish boshlandi.  

Shartnoma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish hamda ariza yuborish talab etiladi. Ariza oliy ta’lim muassasasi tomonidan 2 kunda ko‘rib chiqiladi. Ariza tadsiqlangach, talaba shaxsiy kabineti orqali elektron shartnomani yuklab olishi mumkin. 

Shu bilan birga, tanlangan 5 ta yo‘nalishga kira olmagan abituriyentlar ham super-kontraktda (tabaqalashtirilgan kontrakt to‘lovi) o‘qish hamda shartnoma olish uchun ariza berishi mumkin. 

Hozircha, amaldagi qonunchilik bo‘yicha, faqat o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga super-kontrakt uchun ariza yuborish imkoniyati mavjud. Ikkinchi va undan keyingi yo‘nalishlari bazada ko‘rinmaydi. 

Qayd qilinishicha, 5 ta yo‘nalishga ham kira olmaganlar, istalgan birini tanlab super-kontrakt tuzishga rasman ruxsat berilishi kutilmoqda. Agar abituriyent birinchi yo‘nalishga emas, ikkinchi yoki undan keyingi biror yo‘nalishga super-kontrakt tuzmoqchi bo‘lsa, u holda ariza bermasdan, kutib turish tavsiya qilinmoqda. 

Shu bilan birga, birinchi yo‘nalishga kira olmagan, lekin ikkinchi va undan keyingilardan birortasiga o‘qishga kirganlar ham birinchi yo‘nalishiga super-kontrakt tuza olmaydi. Kontrakt.edu.uz sayti orqali faqat o‘qishga kirgan universitetining oddiy kontraktini olishi mumkin. Ammo keyinchalik birinchi yo‘nalishga ham super-kontraktda o‘qishga ruxsat berilishi mumkin. 

Mavzuga oid