O‘zbekiston | 18:26 / 08.09.2023
14527
1 daqiqa o‘qiladi

Endi sanoat korxonalari oldindan xabardor qilinmasdan elektr ta’minotidan uzilmaydi

Prezident Energetika vazirligiga bu bo‘yicha qat’iy topshiriq berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda hududlardagi sanoat korxonalari, avvalo, energiya resurslari ta’minoti bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratish muhimligi qayd qilindi.

Shu munosabat bilan Bosh vazir boshchiligidagi komissiyaga bir oy davomida barcha hududlarga borib:

– qo‘shimcha ishlab chiqarishni hisobga olgan holda, hududlarning energiya balansini oyma-oy ishlab chiqish;

– joriy yilda ishga tushadigan loyihalarni birma-bir xatlovdan o‘tkazib, ularga zarur energiya resurslari ajratishni nazarda tutish topshirildi. 

Shu bilan birga, Energetika vazirligiga joylarda sanoat korxonalarini oldindan xabardor qilmasdan elektr ta’minotidan uzish amaliyotiga qat’iy chek qo‘yish bo‘yicha topshiriq berildi.

Mavzuga oid