Iqtisodiyot | 18:03 / 08.09.2023
15400
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston YeOII savdo hamkorlari orasida yetakchiga aylandi

YeOII tashkil topganidan beri O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmi 3 baravar oshdi.

Foto: RIA Novosti

O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) savdo hamkorlari orasida birinchi o‘rinda turadi. Bu haqda Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasining (YeIK) integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Sergey Glazev ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, YeIK va O‘zbekiston o‘rtasidagi yaqin hamkorlik savdo-iqtisodiy hamkorlik hajmini oshirish bilan bog‘liq amaliy natijalarga olib keldi. YeOII tashkil topganidan beri O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmi 3 baravar oshdi va YeOII MDH davlatlari bilan tashqi savdosi umumiy hajmining deyarli yarmini tashkil etadi.

YeIK ma’lumotlariga ko‘ra, birgina 2021 yilning o‘zida ittifoqning O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmi avvalgi davrga nisbatan qariyb uchdan birga oshib, 11,2 milliard dollarga yetgan. Shu jumladan eksport 17,9 foizga, import 39,1 foizga oshgan.

Mavzuga oid