Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kompaniyalari bilan elektronika yo‘nalishida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda elektron komponentlar ishlab chiqaruvchi yangi quvvat ishga tushiriladi.
Xitoyning Shandun provinsiyasi, Dechjou shahri rahbariyati vakillari «O‘zeltexsanoat» uyushmasiga tashrif buyurdi.
Uyushma raisining birinchi o‘rinbosari Mansur Hoshimov va Dechjou shahri delegatsiyasi rahbari Tyan Veydun o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik va ustuvor yo‘nalishlarda birgalikda ishlash masalalari muhokama qilindi.
Uyushma mutasaddilari elektrotexnika sanoati bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasi bilan samarali hamkorlik aloqalarini kuchaytirish orqali har tomonlama manfaatli maqsadlarga erishishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida, O‘zbekistonning Bitmain Service va Xitoyning Huake Semiconductor CO kompaniyalari hamkorligida mamlakatda elektron komponentlar ishlab chiqaruvchi yangi quvvatni ishga tushirish bo‘yicha hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish masalalari muhokama qilindi.
Ushbu yangi loyiha realizatsiyasini tezlashtirish, o‘z vaqtida ishga tushirishda hamkorlik qilish, ko‘mak berish bo‘yicha to‘rt tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi.
Mavzuga oid
16:10 / 14.04.2025
AQSh Savdo vazirligi: Elektronika tariflaridagi istisnolar - vaqtincha
20:19 / 12.04.2025
AQSh smartfonlar va kompyuterlarni o‘zaro bojlardan ozod qildi
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025