BMT: Afg‘onistonda metamfetamin savdosi keskin oshdi
Toliblar geroin ishlab chiqarilgan ko‘knorini taqiqlaganidan so‘ng, mamlakatda metamfetamin ishlab chiqarish keskin oshdi, deb yozadi BMT.
«Tolibon» Afg‘onistonda afyun ko‘knorisini taqiqlaganidan so‘ng sintetik metamfetamin narkotiki savdosi hajmi keskin oshdi, deb yozadi AFP 10 sentabr, yakshanba kuni BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hisobotiga tayanib.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘oniston va qo‘shni mamlakatlarda giyohvand moddalar bo‘yicha reydlar chog‘ida qo‘lga kiritilgan metamfetamin miqdori 12 baravarga oshgan – 2017 yildagi 2,5 tonnadan 2021 yilda 29,7 tonnagacha. BMT ekspertlari bu o‘sishni Afg‘onistonda sintetik giyohvand moddalar ishlab chiqarishning kengayishi bilan izohlaydi.
«Tolibon» BMT xulosalarini rad etdi
«Tolibon» rasmiylari BMT bayonotlarini rad etib, ularni «asossiz ayblovlar» deb atadi, deb yozadi AFP. Ichki ishlar vazirligi vakilining aytishicha, harakat giyohvand moddalarga qarshi «jiddiy» kurashyapti.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda metamfetamin mamlakatda mavjud bo‘lgan o‘simliklardan kamroq ishlab chiqariladi va ko‘proq shamollashni davolashda qo‘llanadi. «Afg‘onistonda va uning atrofida noqonuniy metamfetamin ishlab chiqarishni yanada kengaytirishni to‘xtatish uchun zarur bo‘lgan harakatlarni mintaqaviy muvofiqlashtirish lozim», dedi BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Gada Vali.
Mavzuga oid
12:20
O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Afg‘onistonga bordi
16:50 / 11.10.2024
O‘zbek kompaniyasi Afg‘onistonning energetika sektoriga 1 mlrd dollar sarmoya kiritadi
08:10 / 10.10.2024
TIV rahbari Afg‘onistonning O‘zbekistondagi yangi elchisini qabul qildi
20:51 / 04.10.2024