Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Liviyada suv toshqinlari minglab odamlarni dengizga oqizib ketdi
Tsiklon va kuchli yog‘ingarchilik mamlakatga jiddiy zarar yetkazdi, turar joy binolari va ijtimoiy obektlarni suv bosdi, minglab odamlar bedarak yo‘qoldi.
Liviyaning O‘rtayer dengizi qirg‘oqlarida sodir bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida minglab odamlar bedarak yo‘qoldi. Tabiiy ofatga 10 sentabr kuni mamlakat shimoli-sharqida yuz bergan «Daniel» sikloni sabab bo‘lgan. Eng jiddiy zararni Derna shahri ko‘rdi, unda ikkita to‘g‘on vayron bo‘ldi.
«Toshqin minglab odamlarni dengizga oqizib ketdi. Ular hamon bedarak yo‘qolgan deb hisoblanadi», dedi Liviya parlamenti tomonidan mamlakat sharqidagi hukumatga tayinlangan ichki ishlar vaziri Essam Abu Zarib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mingdan ortiq odam tabiiy ofat qurboniga aylangan.
O‘z navbatida, Liviya sharqiy mintaqasi hukumati rahbari Usoma Hammad Derna mintaqasida halok bo‘lganlar soni ikki mingdan oshganini aytdi.
«Dernada suv toshqinlari butun boshli mahallalarni yuvib ketdi, odamlarni dengizga oqizdi, minglab odamlar bedarak yo‘qoldi», dedi u.
Shu bilan birga, kuchli yog‘ingarchilik ham mamlakatga jiddiy zarar yetkazdi, turar joy binolari va ijtimoiy obektlarni suv bosdi.
Liviya hukumati mamlakatning sharqiy hududlarida ikki kunlik komendantlik soati e’lon qildi, tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan hududda favqulodda holat e’lon qilindi. Shuningdek, mamlakatda uch kunlik milliy motam e’lon qilindi.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
14:57 / 19.05.2025
Argentinada suv toshqini tufayli 7500 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi
13:56 / 17.05.2025
AQSh 1 million g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish rejasini ishlab chiqmoqda - OAV
09:57 / 13.05.2025