Bank of China O‘zbekiston bozoriga kirishga qiziqmoqda
Bank of China mamlakat bank tizimi imkoniyatlari va unga kirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini o‘rganishga qiziqish bildirdi.
Xitoy banki O‘zbekiston bozoriga kirishga qiziqmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Bu bo‘yicha, Markaziy bankda dunyoning top-10 ta bankidan biri — Xitoy banki (Bank of China) rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Xitoy banki rahbariyati O‘zbekistonning bank tizimi imkoniyatlari va unga kirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini o‘rganishga qiziqish bildirdi.
Regulyator Xitoy tomoniga batafsil ma’lumot va tegishli tushuntirishlar bergan.
Tomonlar mamlakat moliya bozorini rivojlantirish yuzasidan hamkorlikni kengaytirish borasida ham fikr almashdi.
Mavzuga oid
16:44
Xitoyda qadimgi odamlar qoldiqlari topildi. Ularning boshi ancha katta
23:42 / 27.11.2024
Volkswagen ko‘plab ayblovlardan keyin Xitoydagi zavodini sotdi
21:34 / 27.11.2024
Xitoy va AQSh «uchga uch» formulasi bo‘yicha mahbuslar almashdi
17:10 / 27.11.2024