O‘zbekiston | 19:09 / 12.09.2023
6263
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston-Turkmaniston demarkatsiya komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi 

Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning qo‘shma majlisiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama etilgan. 

Foto: Dunyo

6-9 sentabr kunlari Nukus shahrida O‘zbekiston-Turkmaniston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning qo‘shma majlisiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama etilgan.

Ishchi guruhining avvalgi uchrashuvi 2023 yil 5-11 iyun kunlari Turkmanistonning Turkmanobod shahrida bo‘lib o‘tgan edi.

Mavzuga oid