O‘zbekiston | 07:31 / 15.09.2023
40944
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning 23 ta tumanida quduqlar burg‘ilashga moratoriy joriy etildi

Nurota, Nurobod, Payariq, Ishtixon, Urgut, Qo‘shrabot, Forish, Zomin, Yangiobod, Sharof Rashidov, Chiroqchi, Ko‘kdala, Koson, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Yangiqo‘rg‘on, Beshariq, Jalaquduq, Xo‘jaobod, Paxtaobod, Qo‘rg‘ontepa, Izboskan tumanlarida quduqlar burg‘ilashga moratoriy joriy etildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

O‘zbekistonda yerosti suvlari sathi va zaxiralari kamayib ketayotgan 23 ta tumanda quduqlar burg‘ilashga moratoriy joriy etildi.

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, tasdiqlangan miqdordan ortiqcha suv olish suv sathining pasayib ketishiga va bu zaxiralarning bir necha yil ichida tugashiga olib kelishi mumkin. Natijada ichimlik suv manbasi bo‘lgan quduqlar quriydi va katta mablag‘lar hisobiga qurilgan ichimlik suv inshootlari suv bermay qo‘yadi.

Yerosti suvlaridan foydalanish va quduq burg‘ilash tizimini takomillashtirish, yerosti suv resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha nazoratni kuchaytirish, aholi orasida suvdan oqilona foydalanish madaniyatini keng targ‘ib qilish, yerosti suvlarning kamayishi hamda ifloslanishining oldini olish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, Nurota, Nurobod, Payariq, Ishtixon, Urgut, Qo‘shrabot, Forish, Zomin, Yangiobod, Sharof Rashidov, Chiroqchi, Ko‘kdala, Koson, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Yangiqo‘rg‘on, Beshariq, Jalaquduq, Xo‘jaobod, Paxtaobod, Qo‘rg‘ontepa, Izboskan tumanlarida quduqlar burg‘ilashga moratoriy joriy etildi.

4 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan o‘zbek («Tomchivoy») va rus («Kapelka») tillarida jurnal tayyorlanib, chop etildi. Umumta’lim maktablarida ochiq darslar, jumladan Water time dasturi tashkil etildi. Bugungi kunga qadar mazkur dasturning 4 ta soni tasvirga olinib, ommaga e’lon qilindi.

O‘zbekiston dunyodagi eng qurg‘oqchil mamlakatlardan biridir. Hududning katta qismi cho‘l zonasida joylashgan, mamlakatdagi daryo va ko‘llar yirik xalqaro suv omborlari bilan bog‘langan bo‘lib, ulardan boshqa mamlakatlar ham foydalanadi. 

Mavzuga oid