Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy 21 sentabrda Jo Bayden bilan uchrashadi
Tomonlar Nyu-Yorkda uchrashuv o‘tkazadi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Nyu-Yorkda o‘tadigan BMTning Bosh assambleyasida ishtirok etadi. Bu haqda NBC nomi ochiqlanmagan ukrain amaldoriga tayanib xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Zelenskiy 21 sentabr kuni AQSh prezidenti Jo Bayden bilan ko‘rishadi. AP ma’lumotiga ko‘ra, ikki davlat yetakchisi o‘rtasidagi uchrashuv Oq uyda bo‘lib o‘tadi.
Bayden va Zelenskiy so‘nggi bor joriy yil iyulida NATOning Vilnyusda o‘tgan sammitida uchrashgandi.
Avgust oyida AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Kongressdan prezident Baydenning Ukrainaga qo‘shimcha 24 mlrd dollar yordam paketi bo‘yicha so‘rovini ma’qullashni so‘ragandi. Pentagon esa sentabrda Kiyevga ko‘rsatilayotgan harbiy ko‘makni nazorat qiluvchi guruh tuzdi.
Mavzuga oid
15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi
14:52 / 21.05.2025
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqchi
08:24 / 20.05.2025
Zelenskiy qurolli kuchlarni Ukraina hududlaridan olib chiqish imkoniyatini rad etdi
19:09 / 19.05.2025