Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva Koreyada o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi
Senat raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiyaning amaliy tashrifi doirasida Koreya Respublikasidagi o‘qituvchilar, talabalar, tadbirkorlar, turli soha jumladan, IT kompaniyalari mutaxassislaridan iborat bir guruh vatandoshlar bilan muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda ijtimoiy-mehnat munosabatlarini rivojlantirish, xorijda ta’lim olib, mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz uchun munosib sharoitlar yaratish, ularning qonuniy manfaatlarini ishonchli huquqiy himoya qilishni ta’minlash xususida so‘z bordi.
Shu bilan birga, Senat raisi vatandoshlarning keyinchalik O‘zbekistonda turli sohalarda tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida olib borayotgan izlanishlari bilan qiziqdi. Bunda asosiy e’tibor ta’lim, tibbiyot va innovatsiyalarga qaratildi.
Suhbat davomida ishtirokchilar tomonidan mamlakatda kadrlar tayyorlash, ta’lim, yoshlar va boshqa sohalarga doir qator masalalar ko‘tarilib, amaliy takliflar bildirildi. Bolalar va yoshlar ta’limi, kadrlar tayyorlash tizimi, shuningdek, ayollar universitetlarini tashkil etish bo‘yicha Koreya tajribasini yanada batafsil o‘rganish, davlat organlari xodimlarini xorijiy davlatlar, xususan, Koreyadagi oliy ta’lim muassasalarida bilim olishlari uchun tanlov tizimini takomillashtirish, koreys tajribasi misolida o‘zbek tilining lug‘at bazasini muntazam yangilab borish va kengaytirish kabi takliflar shular jumlasidandir.

Uchrashuv yakunida Senat raisi bildirilgan takliflarning amalda o‘z ifodasini topishi uchun zarur imkoniyatlarning barchasini ishga solishini aytib o‘tdi.
Mavzuga oid
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
12:20 / 29.04.2025
O‘zbekiston va Turkiya tadbirkor ayollarining biznes-forumlari o‘tkaziladi
19:32 / 25.04.2025