O‘zbekiston | 12:13 / 19.09.2023
5225
2 daqiqa o‘qiladi

Bolalar milliy tibbiyot markazida onlayn maslahat berish yo‘lga qo‘yildi

Telemeditsina orqali tegishli yo‘nalishlarda bemorlarga onlayn maslahat beriladi.

Foto: Bolalar milliy tibbiyot markazi

Toshkent shahridagi Bolalar milliy tibbiyot markazida viloyat va tumanlardagi klinik shifoxonalarda davolanayotgan bemorlarga telemeditsina orqali onlayn maslahat berish boshlandi.

Markazning ma’lum qilishicha, onlayn maslahat nafaqat O‘zbekiston hududidagi, balki qo‘shni davlatlardagi shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar uchun ham berib boriladi.

Jumladan, 18 sentabr kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida davolanayotgan 2 yoshli bemor bo‘yicha onlayn maslahat berilgan. Markaz mutaxassislari mahalliy shifokorlar bilan bemorni konsilium qilib, uning laborator va instrumental tekshiruvlari hamda hozirgi holati va boshqa parametrlari bilan tanishgan. 

Natijada bemor qarindoshlari tashabbusi bilan Bolalalar milliy tibbiyot markaziga qayta tekshirish va davolanish uchun keladigan bo‘lgan.

Shuningdek, Xorazm va Samarqand viloyatidagi markaz filialida davolanayotgan og‘ir ahvoldagi bemorlarga telemeditsina orqali onlayn maslahat berilib, konsilium qilingan va keyingi tekshirish hamda davolash choralari kelishib olingan.

Mavzuga oid