Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yil yakuniga qadar pensiyalar miqdori oshiriladi
Joriy yil yakunigacha pensiyalar miqdorini inflatsiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda, jami 14 foizga oshirish rejalashtirilgan.
Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator qonun loyihalari muhokama qilingan.
Xususan, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijara munosabatlaridagi huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash hamda pensiyalarni tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ham ko‘rib chiqilgan.
Tadbirda ishtirik etgan Pensiya jamg‘armasi direktorining o‘rinbosari Zoxidxo‘ja Tursunovning ma’lum qilishicha, 2023 yil yakunigacha pensiyalar miqdorini oshirish rejalashtirilgan.
“Har yili davlat pensiyalari miqdorlarini yillik inflatsiya darajasida qayta hisoblash va oshirib borish tizimini joriy qilish, joriy yil yakuniga qadar pensiyalar miqdorini inflatsiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda, jami 14 foizga oshirish rejalashtirilgan. Ikkinchi o‘zgarishimiz fuqarolarning pensiya ta’minotini yaxshilash va pensiyanerlarni qo‘llab-quvvotlash maqsadida 2024 yil 1 yanvardan pensionerga hisoblangan, lekin o‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytiriladi”, degan Zoxidxo‘ja Tursunov.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta pensiya va nafaqalar miqdori 2023 yil 1 aprelidan 7 foizga oshirilgandi.
Mavzuga oid
12:59 / 05.05.2025
Parlamentda “Taraqqiyot bloki” tuzildi
13:59 / 25.04.2025
Sallasini desa, kallasini olib keladigan ijrochilarimiz bor
18:13 / 22.04.2025
Soliqdan qochgan tadbirkor ilk marta qo‘lga tushganida zararni qoplab, yengillik olishi mumkin
16:58 / 19.02.2025