CNN ish uslubi bilan yaqindan tanishdik - Komil Allamjonov
Axborot siyosati departamenti rahbari CNN telekanalida yangiliklar tayyorlanish jarayoni bilan tanishgani, taniqli teleboshlovchi bilan uchrashganini aytdi.
Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov AQSh safaridagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Jumladan, CNN telekanalida yangiliklar tayyorlanish jarayoni bilan tanishgani, taniqli teleboshlovchi bilan uchrashganini aytdi.
«AQShga tashrif davomida biz CNN telekanaliga ham kirib, yangiliklar tayyorlash jarayoni va CNN ish uslublari bilan yaqindan tanishdik. Umuman, o‘zaro hamkorlikda qilinayotgan ishlar, yangi loyihalarni muhokama qildik. Taniqli teleboshlovchi Richard Quest bilan ham tanishganimdan xursand bo‘ldim. U yaqinda Samarqandga kelishini va turizm sohasida o‘tadigan yirik xalqaro tadbirda moderatorlik qilishini aytdi. Qisqa qilib aytganda, AQShga safarimiz juda sermazmun va samarali bo‘ldi», deb yozdi Komil Allamjonov.
Mavzuga oid
13:07 / 13.10.2024
«Chekmaydi va onda-sonda ozgina ichadi». Kamala Harris o‘z tibbiy kartasini e’lon qildi
16:29 / 12.10.2024
AQShda radioaktiv yo‘l qurilishiga ruxsat berildi
20:53 / 11.10.2024
“Orlando va u yerdagi o‘zbeklar “Milton” to‘fonidan jabr ko‘rmadi” - Sohib Abbosxon
15:57 / 11.10.2024