O‘zbekiston | 15:29 / 21.09.2023
21384
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda 5 kishi halok bo‘ldi

Chust tumanida yuk mashinasi haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida qarama-qarshi yo‘nalishdagi Damas va Labo bilan to‘qnashib ketdi. Besh kishi halok bo‘lgan.

Foto: Videodan kadr

20 sentabr kuni Namangan viloyati Chust tumanida ro‘y bergan YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. 

Viloyat IIB matbuot kotibi Gazeta.uz’ga bergan ma’lumotga ko‘ra, Namangan-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlangan DAF rusumli yuk mashinasi haydovchisi rulda uxlab qolib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va Damas va Labo avtomashinalari bilan to‘qnashgan.

Damas haydovchisi va 4 nafar yo‘lovchisi olingan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan holda transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid