Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tog‘li Qorabog‘ qo‘shinlari qurol-yarog‘ va harbiy texnika topshirishni boshladi
Bu Ozarboyjon rasmiylari bilan tuzilgan sulh shartlaridan biri edi.
Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi qurolli qismlari qurol-yarog‘ va harbiy texnikani Ozarboyjon rasmiylariga topshirishni boshladi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.
«Erishilgan kelishuvlarga muvofiq, Qorabog‘ qurolli tuzilmalari Rossiya tinchlikparvar kuchlari nazorati ostida qurol-yarog‘larni topshirishni boshladi», deyiladi xabarda.
Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 6 ta zirhli texnika, 800 dan ortiq o‘q otuvchi va tankka qarshi qurollar, shuningdek, 5 mingga yaqin o‘q-dorilar topshirilgan.
Bundan tashqari, Rossiya tinchlikparvar kuchlari tomonidan Tog‘li Qorabog‘ning tinch aholisi uchun, Lochin yo‘lagi orqali 50 tonnadan ortiq gumanitar yuk yetkazib berilgani haqida xabar berildi. Yo‘lak 10 oydan beri yopib qo‘yilgan edi.
19 sentabr kuni Ozarboyjon Tog‘li Qorabog‘da «konstitutsiyaviy tuzumni tiklash» maqsadida «mahalliy xarakterdagi aksilterror choralari» boshlanganini e’lon qildi va tan olinmagan respublika hududini o‘qqa tutdi. Ertasi kuni o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishildi – shartlardan biri Tog‘li Qorabog‘ armiyasini qurolsizlantirish edi.
Mavzuga oid
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
21:12 / 07.05.2025
Ilhom Aliyev 9 may kuni Moskvadagi paradga borishdan bosh tortdi
21:04 / 02.05.2025