Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda o‘zbekzabon shaxslar odam o‘g‘irlaganlikda ayblanib, hibsga olindi
Politsiya ularni odam o‘g‘irlab, 2 ming dollar undirganlikda ayblagan. Ular ayblovlarni inkor qilmoqda.
27 yoshli Umida Fozilova, 27 yoshli Bahodir Isroilov, 22 yoshli Bahromjon Isroilov va 23 yoshli Qobil Mahmudov 22 sentabr kuni odam o‘g‘irlashda ayblanib, AQSh Ohayo shtati, Hamilton okrugi, Blyu-Esh politsiyasi tomonidan hibsga olindi.
Sud hujjatlarida qayd qilinishicha, 21 sentabr kuni ular jabrlanuvchini Internet orqali Extended Stay of America mehmonxonasi avtomobillar to‘xtash joyiga chaqirib, mikroavtobusga majburan o‘tqazib, Sharonvill shahridagi kvartirasiga olib borishgan. So‘ngra oyoq-qo‘lini bog‘lab, qarindoshlaridan pul jo‘natishini so‘rashga majburlab, do‘pposlashgan.
Qarindoshlaridan biri 2000 dollar yuborgach, uni qo‘yib yuborishgan. Agar politsiyaga qo‘ng‘iroq qilsa, hayoti xavf ostida qolishidan ogohlantirishgan.
Politsiya jabrlanuvchining arizasi va «ijtimoiy tarmoqdagi yozishmalar» asosida ayblov e’lon qilgan. Ular nima haqda yozishgani xabarda keltirilmagan.
Sudda ayblanuvchilarga tarjimon yordam bergan va ular o‘zbek tilida gaplashgani aytilmoqda. Ularning fuqaroligiga aniqlik kiritilmagan.
Advokatlarning ta’kidlashicha, jabrlanuvchi gumondorlardan qarzdor bo‘lgan va qarzini qaytarmaslik uchun «o‘zini o‘g‘irlab ketishgani haqida uydirma to‘qigan».
Endi ayblanuvchilar 2 oktyabr kuni katta sud mahkamasida oldida so‘roqqa tutiladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025