Buxorodagi Ark qo‘rg‘onida “Arxeologik park” ochildi
Endilikda sayyohlar “Arxeologik park”da qal’aning saqlanib qolgan asosini ko‘rib, ko‘hna Buxoro manzaralarini kuzatishlari, shuningdek, istaklariga ko‘ra arxeologik qazishma ishlarida bevosita ishtirok etishlari mumkin.
22 sentabr kuni Buxoro shahridagi Ark qo‘rg‘onida yaratilgan “Arxeologik park”ning ochilish marosimi o‘tkazilgan. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 1920 yil Buxoroni ishg‘ol etish paytida qadimiy qo‘rg‘onning uchdan ikki qismi butkul vayron qilingan. Shu boisdan mazkur hudud sayyohlar nazaridan “ihotalangan” edi. Oradan 103 yil o‘tib ayni kunda qariyb 4 gektar maydonni egallagan Ark qo‘rg‘onining vayronaga aylangan qismida xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun yangi turistik maskan – “Arxeologik park” tashkil etildi.
Mazkur “Arxeologik park”da shahar mehmonlari qal’aning bugungi kungacha saqlanib qolgan asosini ko‘rib, qazishma ishlari bilan tanishishlari, Buxoro manzaralarini kuzatishlari hamda arxeologik qazishma ishlarida ham bevosita ishtirok etishlari mumkin.
YuNESKO tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, Fransiyadagi mashhur Luvr muzeyi olimlari hamkorligida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha doirasida qadimiy g‘isht bo‘laklari va toshlardan yo‘laklar, ayvonli shiypon barpo etilib, sayyohlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratilmoqda. Restavratsiya va ta’mirlash-tiklash ishlari jarayonida Ark qo‘rg‘oni orqa tomonining chamasi 120 metrli devor qismi pishgan g‘isht bilan qoplangan.
Ma’lumot uchun, Buxoro hisori, ya’ni shaharning qadimgi qismi deya nom olgan “Ark” qo‘rg‘onining qurilish davri miloddan avvalgi IV asrga borib taqaladi.
Mavzuga oid
12:01 / 09.11.2024
Buxoroda 16 yoshli bola o‘nlab shaxslar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yubordi. U qamoqqa olingan
12:22 / 08.11.2024
Buxoroda Xitoy ishtirokida sanoat parki barpo etiladi
11:34 / 06.11.2024
Buxoroda 1 mlrd so‘mdan ziyod elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi
15:04 / 03.11.2024