Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarusda dronlarni saqlash va ishlatish taqiqlandi
Hujjat jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan, deya ma’lum qildi Belarus Respublikasi prezidenti matbuot xizmati.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko jismoniy shaxslarga Belarus hududiga fuqarolik uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirish, saqlash, sotish, foydalanish va ishlab chiqarishni taqiqlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Belarus rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hujjat jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda fuqarolik uchuvchisiz uchish apparatlari va havo kemalari modellarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ulardan foydalanishni tartibga solishga qaratilgan.
Fuqarolik uchuvchisiz uchish apparatlarini Belarus hududiga olib kirishga, saqlashga, muomalaga chiqarishga, ulardan foydalanishga va ishlab chiqarishga faqat tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tadbirkorlik va kasbiy faoliyat maqsadlarida ushbu farmonda belgilangan talablarga rioya qilgan holda ruxsat berilishi belgilandi.
Farmonda yuridik shaxslarga va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli bo‘lgan fuqarolik uchuvchisiz uchish apparatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish ham nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
12:14 / 24.05.2025
G‘oyib bo‘lgan Belarus muxolifat spikeri maxsus xizmatlar bilan aloqada gumonlanyapti
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
10:30 / 15.05.2025