Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelida 20 nafar ekspert mol-mulklarga yetgan zararni baholayapti
X.Sulaymonova nomidagi respublika sud ekspertiza markazining ekspertlari tomonidan fuqarolarning mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdorlari xodisa joyida aniqlanmoqda.
Sergeli tumanida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat yuzasidan olib borilayotgan zaruriy chora-tadbirlarga adliya organlari ham jalb etildi.
Xususan, vazirlik huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi respublika sud ekspertiza markazining 20 nafar eksperti voqea sodir bo‘lgan joyda ish olib bormoqda. Ular holat bo‘yicha tayinlangan tegishli sud ekspertizalari yuzasidan obektlarni dastlabki ko‘zdan kechirish, xodisa kelib chiqish sabablarini o‘rganish, fuqarolarning mol-mulklariga yetkazilgan zararlar miqdorlarini aniqlash ishlarini amalga oshirishyapti.

Ekspertlar Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida favqulodda vaziyatni o‘rganish, ko‘rilgan talafotlarni bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan Hukumat komissiyasi tomonidan jalb etilgan.

Shuningdek, adliya organlarining mas’ul xodimlari jabr ko‘rgan aholi bilan uchrashib, ularga tegishli huquqiy tushuntirishlar bermoqda. Fuqarolarning yaroqsiz holga kelgan yoki yo‘qolgan shaxsiy hujjatlarini tiklashga amaliy yordam ko‘rsatilyapti.
Mavzuga oid
16:42 / 14.05.2025
Toshkentdagi omborxonada yuz bergan katta yong‘in o‘chirildi
10:02 / 10.04.2025
Toshkentda yong‘in chiqqan uyda ikki yigit pichoqlangani ma’lum bo‘ldi
11:28 / 08.04.2025
Korrupsiyaviy jinoyatlar Adliya vazirligi tizimida 22 foizga, hokimliklarda 43 foizga kamaydi – Antikorrupsiya agentligi
10:51 / 08.04.2025