O‘zbekiston | 07:12 / 28.09.2023
2855
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent va Mayami o‘rtasida muntazam aviareyslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin 

Toshkent va Mayami aeroportlari o‘rtasida muntazam aviareyslarni yo‘lga qo‘yish istiqboli muhokama etildi.

Foto: Transport vazirligi

Transport vaziri o‘rinbosari Jasur Choriyev AQShga xizmat safari davomida Mayami xalqaro aeroporti Marketing va savdo bo‘yicha direktori Emir Peneda bilan uchrashdi.

Uchrashuvda fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.

Toshkent va Mayami aeroportlari o‘rtasida muntazam aviareyslarni yo‘lga qo‘yish istiqboli muhokama etildi.

Mayami aeroporti 2022 yilda 50 milliondan ortiq yo‘lovchi qabul qilgan va AQShda COVID-19 pandemiyasidan keyin birinchilar qatorida o‘sishga erisha olgan. Xususan, yuk tashuvlari bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqqan.

Mavzuga oid