Jahon | 09:10 / 29.09.2023
7211
2 daqiqa o‘qiladi

Qorabog‘dan etnik armanlarning yarmidan ko‘pi chiqib ketdi

Tog‘li Qorabog‘dan qo‘shni Armanistonga 65 mingdan ortiq odam ko‘chib o‘tdi, deb xabar qildi Yerevan. Qo‘shma Shtatlar hamkorlar bilan birgalikda Qorabog‘da xalqaro kuzatuv missiyasini yaratish ustida ishlamoqda. 

Foto: Picture Alliance

Ozarboyjon o‘tgan hafta Qorabog‘da ayirmachilar ustidan tez g‘alaba qozonganidan so‘ng, bo‘lginchi Tog‘li Qorabog‘ respublikasining 120 minglik arman aholisining yarmidan ko‘pi mintaqani tark etib, Armanistonga o‘tdi. Bugungi kunga qadar Qorabog‘dan 65 036 kishi Armaniston bilan chegarani kesib o‘tdi, dedi Armaniston bosh vaziri vakili Nikol Pashinyan 28 sentabr, payshanba kuni

Ayni paytda, AQSh Davlat departamenti Vashington ittifoqchi va hamkorlar bilan bo‘lginchi mintaqa Ozarboyjon nazoratiga o‘tganidan so‘ng Tog‘li Qorabog‘da xalqaro kuzatuv missiyasini tashkil etish ustida ishlayotganini ma’lum qildi. 

Qorabog‘ uchun monitoring missiyasi 

Davlat departamenti vakili Metyu Millerning jurnalistlarga aytishicha, Rossiya ba’zan tegishli muzokaralarga yordam bergan, bu foydali bo‘lgan, biroq o‘tgan haftada Moskvaning roli unumli bo‘lmagan. 

Armaniston va Ozarboyjon o‘nlab yillar davomida Tog‘li Qorabog‘ni nazorat qilish uchun kurashib keldi. Yerevan Bokuga bo‘lginchi kuchlar mag‘lub etilganidan keyin mintaqa bo‘yicha turli ayblovlar bilan chiqqan.

Mavzuga oid