Suv xo‘jaligi obektlarining xavfsizligini ta’minlash tartibi tasdiqlandi
Barcha yerusti suv obektlarida suvning oqilona boshqarilishi, suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytiriladi.
Vazirlar Mahkamasining “Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Prezidentning “Ma’muriy islohotlar doirasida suv xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq Suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari belgilangan.
Inspeksiyaga Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining quyidagi funksiyalari o‘tkazildi:
- barcha yerusti suv obektlarida suvning oqilona boshqarilishi, suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalari (tartibi)ga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
- suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish borasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- barcha yerusti suv obektlarida suvdan foydalanishga doir ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom;
- Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi Ekspertlar kengashi to‘g‘risidagi nizom;
- Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Shuningdek, hukumatning ba’zi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Mavzuga oid
12:30 / 09.10.2024
Plastik idishlardagi suv vodoprovod suvidan xavfliroq - tadqiqot
12:44 / 28.09.2024
Har 100 ta so‘z uchun yarim litr suv. Sun’iy intellekt chatbotlari jiddiy ekologik muammolarni yuzaga keltiradimi?
18:24 / 12.09.2024
O‘zbekiston va Turkiya TIV, IIV va xavfsizlik idoralari rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi
12:28 / 10.09.2024