Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tayson Fyuri va Oleksandr Usik Saudiya Arabistonida «asr jangi»ni o‘tkazadi
Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasidagi chempionlar Tayson Fyuri va Oleksandr Usik o‘rtasidagi tarixiy bahs uchun shartnoma imzolandi. Jang Saudiya Arabistonining Ar-Riyoz shahrida bo‘lib o‘tadi.
Shartnomaning qo‘shimcha tafsilotlari, jumladan, jang sanasi hozircha oshkor etilmagan. Taxminlarga ko‘ra, bahs 23 dekabrda bo‘lishi ham mumkin.
35 yoshli britaniyalik Fyuri WBC chempioni, 36 yoshli ukrainalik Usik esa WBA, WBO va IBF unvonlari sohibi hisoblanadi.
«Nihoyat, bu jang uchun shartnoma imzolaganimdan xursandman», dedi «Queensbury» promouteri Frenk Uorren. «Bu sportimizdagi eng katta jang».
G‘olib to‘rtta belbog‘ davrida og‘ir vazndagi birinchi mutloq chempionga aylanadi. 2008 yilda professional bo‘lganidan beri Fyuri 33 ta jangda g‘alaba qozongan va bittasida durang qayd etgan, biror marta yutqazmagan. Usik professional ringdagi 21 ta jangining barchasida g‘alaba qozongan.
«Og‘ir vaznli sportchilar har doim muxlislarning e’tiborini tortadi va men bu asrning eng yirik boks voqeasi bo‘lishiga shubha qilmayman», deb qo‘shimcha qildi Uorren.
Lennoks Lyuis 1999 yilda Evander Holifildni mag‘lub etib, WBA, WBC va IBF chempionlik unvonlarini saqlab qolganidan beri hech kim og‘ir vazn toifasida mutloq chempion bo‘lmagan.
Mavzuga oid
20:41 / 26.02.2025
World Boxing federatsiyasi XOQ tomonidan vaqtincha tan olindi
21:01 / 13.01.2025
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri faoliyatini yakunladi
22:36 / 28.12.2024
Boks. To‘lqin Qilichev – Osiyoda yil murabbiyi deb e’lon qilindi, yana ikki o‘zbekistonlik ayol bokschi tengsiz bo‘ldi
08:47 / 22.12.2024