O‘zbekiston | 18:55 / 04.10.2023
7538
5 daqiqa o‘qiladi

50 nafar yosh IT-mutaxassislar Beeline Uzbekistanʼdan grantlar yutib olishdi

Beeline Uzbekistan Astrum IT Academy bilan birgalikda IT-mutaxassislarni kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘qitish uchun birlashdi.

Foto: Beeline Uzbekistan

4 oktyabr kuni Astrum Akademiyasida telekom sohasida O‘zbekistondagi eng yirik xorijiy investorlar va soliq to‘lovchilaridan biri bo‘lgan Beeline Uzbekistan kompaniyasi O‘zbekistonning turli hududlari, jumladan Toshkent shahri va Toshkent viloyati, Samarqand, Jizzax, Navoiy, Andijon, Farg‘ona, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 50 nafar talabaga “Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis” kursida o‘qish uchun 1 milliard 200 million so‘m miqdorida grantlar ajratdi.

Grant olish uchun respublikaning barcha hududlaridan jami 300 dan ortiq ariza topshirildi, bunda nomzodlarning o‘rtacha yoshi 23 yoshni tashkil etdi. Astrum IT Akademiyasi mutaxassislari va digital-operatorning kiberxavfsizlik bo‘yicha ekspertlari jamoasi tomonidan raqobatli tanlovdan o‘tgan 50 nafar eng yaxshilar orasida 6 nafar qizlar borligi e’tiborga loyiq, bu o‘zbekistonlik yosh ayollar orasida IT kasblari tobora ommalashib borayotganidan dalolat beradi. Toshkent shahridan grant g‘olibi Aysha Abatova shunday dedi: “Men yaqinda faoliyat sohamni o‘zgartirdim: robototexnika o‘qituvchisi sifatidagi 3 yillik tajribam va filolog sifatida ta’lim olganimdan so‘ng, bu ish qizlar uchun emas, degan da’volarga qaramay, dasturlashga qaytdim. Men boshqalarga quloq solmay, kiberxavfsizlik kursiga qo‘shilganimdan juda xursandman!”

“Bizning tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlagani uchun Beeline Uzbekistanʼga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz va bu hamkorlik O‘zbekistonda IT sohasini rivojlantirish va yosh iste’dodlarga yuqori sifatli ta’lim berishda yordam berishiga ishonamiz. Bizning yagona maqsadimiz — global IT maydonida raqobatlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash. Biz shunday zo‘r talabalar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘lganimizdan faxrlanamiz va Beeline Uzbekistanʼdan ushbu muhim loyihani qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdormiz”, — deya ta’kidladi Astrum IT Akademiyasi asoschisi Botir Orifjonov.

Markaziy Osiyodagi birinchi va yagona IT akademiyasi hamda dasturlash sohasida o‘qitish bo‘yicha yetakchi bo‘lgan Astrum IT Akademiyasida “Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis” kursi doirasidagi treninglar 9 oktzbrdan 24 noyabrgacha onlayn o‘tkaziladi.

O‘quvchilardan biri, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Diyorbek Sobirov (19 yosh) shunday dedi: “Men 5-sinfdan boshlab dasturlashga qiziqaman, hozirda dasturiy injiniring yo‘nalishida o‘qiyman va “computer science” sohasida olim bo‘lishni orzu qilaman. Ishonchim komilki, ushbu kurs menga kiberxavfsizlik sohasida mutaxassis bo‘lib yetishishimga va ushbu mavzuni chuqur o‘rganishimga yordam beradi”.

Amaliy xavfsizlik, OSINT – ochiq manba asosida razvedka, kompyuter tarmoqlari va xavfsizlik, PYTHON dasturlash va axloqiy xakerlik kabi turli modullarni o‘z ichiga olgan dastur yakunida kurs bitiruvchilariga sertifikatlarni topshirish marosimi o‘tkaziladi. O‘qishni tamomlagandan so‘ng 5 nafar eng yaxshi talaba Beeline Uzbekistan axborot xavfsizlik bo‘limida amaliyot o‘tash dasturi doirasida ko‘rib chiqiladi.

“O‘zbekiston iqtidorli yoshlar borasida ulkan salohiyatga ega va biz ularni ta’lim sohasida, ayniqsa, axborot texnologiyalari sohasida qo‘llab-quvvatlayotganimizdan faxrlanamiz. Astrum IT Academyʼdagi ushbu kurs IT sohasida inson resurslarini rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli tashabbusimizning boshlanishi, xolos. Ishonchimiz komilki, o‘zbekistonlik yosh mutaxassislar nafaqat mamlakatning raqamli iqtisodiyoti rivojiga salmoqli hissa qo‘shishlari, balki butun dunyo bo‘ylab talab qilinadigan mutaxassislarga aylanishlari mumkin”, — dedi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andjyey Malinovski.

“Unitel” MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab “Beeline Uzbekistan” savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam shahrida (Niderlandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi

VEON 6 jadal rivojlanib borayotgan mamlakatda 160 milliondan ziyod foydalanuvchilarga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashtirilgan.

Beeline Uzbekistanʼda 1.6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006-yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. “Unitel” MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SBʼning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollarga yaqin soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: fb.com/beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/beelineuzbekistan

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Reklama

Mavzuga oid