O‘zbekiston | 22:33 / 04.10.2023
34406
1 daqiqa o‘qiladi

Eng kam hokim almashgan viloyat – Namanganning barcha rahbarlari bitta suratda

Namangan viloyatiga 1996—2004 yillarda hokimlik qilgan To‘lqin Jabborov 4 oktyabr kuni vafot etdi. Respublika hududida eng kam hokim almashgan viloyat Namangan hisoblanadi. Viloyatni shu vaqtgacha 6 nafar hokim boshqargan.

Namanganga 1992–1996 yillarda Burgutali Rapig‘aliyev rahbarlik qilgan. Viloyatning ikkinchi hokimi esa To‘lqin Jabborov (1996–2004) bo‘lgan. U viloyatni qariyb 8 yil boshqargan. Shundan so‘ng viloyatga 4,5 yil davomida asli kasbi buxgalter-iqtisodchi Ikromxon Najmiddinov bosh bo‘lgan.

U o‘z o‘rnini 2009 yil 17 fevralida Bahodir Yusupovga bo‘shatib bergan. Asli kasbi muhandis bo‘lgan Yusupov viloyatni 2015 yil 26 noyabrgacha – Xayrullo Bozorov yangi hokim etib tayinlanguncha boshqargan.

Viloyat rahbari kursisidagi so‘nggi o‘zgarish Bozorovning Farg‘ona viloyatiga hokim etib tayinlanishi ortidan 2020 yil 25 sentabrda yuz berdi. Uning o‘rnini amaldagi rahbar Shavkat Abdurazzoqov egalladi.

Mavzuga oid