Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Grin-karta mavsumi boshlandi
Bugun, 4 oktyabr kuni AQShning milliy xilma-xillik viza dasturi – Diversity Visa lotereyasining 2025 yilgi mavsumi uchun arizalar qabul qilish boshlandi. Talabgorlar 7 noyabr Toshkent vaqti bilan soat 21:00 ga qadar dvprogram.state.gov sayti orqali bepul tarzda anketa to‘ldirib, ariza yo‘llashi mumkin.

Dastur AQShga tarixan migratsiya ko‘rsatkichlari kam bo‘lgan xalqlar vakillariga ushbu mamlakatda doimiy yashash huquqini berish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan. Bu orqali Amerika xalqini tashkil etuvchi millatlar xilma-xilligini oshirib borish ko‘zda tutilgan.
Dastur g‘oliblari kelasi yil may oyida, tasodifiy kompyuter dasturi yordamida tanlab olinadi va e’lon qilinadi.
Lotereya orqali har yili dunyo bo‘ylab 55 ming kishiga grin-karta beriladi. Biroq lotereyada bundan ikki barobar ko‘p odam g‘olib deb topiladi. G‘olib bo‘lganlarning bir qismi hujjatlaridagi kamchiliklar, suhbatdan o‘ta olmagani yoki shunchaki viza tugab qolgani uchun grin-karta ololmaydi.
Xususan, joriy yilda DV-2023 dasturi g‘olibi bo‘lgan o‘zbekistonliklardan 3100 dan ortig‘i viza uchun suhbatga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Grin-karta yutgan o‘zbekistonliklar soni esa 5 mingdan ortiq bo‘lgani taxmin qilinadi.
- Avvalroq AQShning Toshkentdagi elchixonasi grin-karta dasturi ishtirokchilari uchun tavsiyalarni e’lon qilgandi.
- Kun.uz bir necha yil oldin grin-karta anketasini mustaqil va to‘g‘ri to‘ldirish bo‘yicha yo‘riqnoma tayyorlagan.
Mavzuga oid

11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda

09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti

22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi

21:38 / 27.05.2025