Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mayk Tayson Toshkentga keladi
12-17 noyabr kunlari Toshkentda Butunjahon boks kengashining (WBC) yillik konvensiya yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Professional boks dunyosining eng mashhur yulduzlari ishtirok etadigan ushbu anjumanda o‘z davrida chempionlik martabasiga erishgan o‘nlab chempionlar qatori afsonaviy Mayk Tayson ham Toshkentga kelishini rasman tasdiqladi.
O‘zbekiston professional boks federatsiyasi raisi Umid Yoqubov so‘zlariga ko‘ra, anjumanda Evander Holifild, Amir Iqbol Xon, Konstantin Tszyu kabi taniqli bokschilar ham ishtirok etadi.
WBC tashkilotining 61-konvensiyasi doirasida 17 noyabr kuni Toshkentdagi «Humo Arena» sport saroyida bir qator nomdor charm qo‘lqop ustalari ishtirokida boks janglari tashkil etiladi.
Anjumanga Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston professional boks federatsiyasi va hamkor tashkilotlar tomonidan hozirlik ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
17:43 / 10.03.2025
Muhammad Ali uchun o‘ch: Taysonning tarixiy jangi haqida
20:41 / 26.02.2025
World Boxing federatsiyasi XOQ tomonidan vaqtincha tan olindi
21:01 / 13.01.2025
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri faoliyatini yakunladi
22:36 / 28.12.2024